Agrobank: Gurlan tumanida "mahallabay" tizimida ish olib bormoqda
Aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamini “temir daftar”, “ayollar va yoshlar daftari” kabi ro‘yxatdan chiqarib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish orqali iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladigan samarali yondoshuvdir.
Prezidentimiz 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida mutasaddi rahbarlarga ayni shu haqida ko‘rsatmalar berib, mahallalarga kirib aholi va tadbirkorlik yunalishidagi fikr va tashabbuslarni mahallabay usulda o‘rganish maqsadida aniq topshiriqlar bergan edi.
Ayni vazifalar ijrosini samarali va manzilli tashkil etish maqsadida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank boshqaruvi ishtirokida Gurlan tumanida tuman hokimligi, aholi vakillari va tadbirkorlar ishtirokida bank mutaxassislari va ishchi guruhi tomonidan mahallabay o‘rganish, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash ishlari olib borilishi bilan bir qatorda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv seminarlari ham o‘tkazilib kelmoqda.
Uchrashuvlarda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar hamda temir daftardagi fuqarolarga imtiyozli ravishda kredit ajratish to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda.
Hozirda ishchi guruh vakillari tumandagi 50 ta mahallada ayollar, yoshlar hamda temir daftariga kiritilgan fuqarolarning tadbirkorlikka jalb qilish, mavjud tadbirkorlarning faoliyatini o‘rganish, muammolarni bartaraf etish borasida ish olib bormoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, garchand o‘tgan yil bir tomondan tijorat banklari uchun katta sinov davri bo‘lgan bo‘lsa, yana bir tomondan mamlakatimiz iqtisodiyotida banklarning roli va ahamiyatini ham oshirdi.
Ayni shu yo‘lda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Xorazm viloyatida ham keng ko‘lamli islohatlar olib borilganligini e’tirof etishimiz o‘rinlidir.
Xususan, bank tomonidan viloyatda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasida joriy yilda 5 839 ta axoli va tadbirkorlik sube’ktlariga 129,8 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilgan.
Shundan 75,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari yuridik shaxslar uchun ajratilgan bo‘lsa, 54,3 mlrd so‘m esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ajratilgan mablag‘lar chorvachilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxona yo‘nalishi, baliqchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish va servis hamda boshqa shu kabi tadbirkorlikni rivojalantirish uchun yo‘naltirildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasida ajartilgan kreditlar hisobiga o‘tgan yilda viloyatda Agrobank tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga jami 5747 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu orqali 3 076 nafar xotin-qizlar hamda 2 189 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan.
Bu esa aholing uy sharoitida o‘z o‘zini tadbirkorlik bilan band qilish, turmush sharoitini yaxshilanishiga, daromad manbaining vujudga kelishiga eng asosiysi mahallarda ijtimoiy-iqtisodiy holatning ijobiy o‘zgarishiga zamin bo‘lmoqda.
"Agrobank" ATB Matbuot xizmati
Agrobank: Gurlan tumanida "mahallabay" tizimida ish olib bormoqda