Agrobank meva-sabzavot va uzum mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchilari va eksportchilari uchun milliy yoki xorijiy valyutada “Meva-sabzavot ” yangi kreditini taqdim etadi!
✅ Kredit muddati – 12 oy.
✅ Kredit summasi – 100 000 AQSh dollariga qadar yoki uning ekvivalenti *.
✅ Kreditning maqsadi – aylanish mablag‘lari va revolьverni to‘ldirish uchun.
✅ Foiz stavkasi:
– milliy valyutada – 24%; * * (shundan aylanish mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratilgan kreditning umumiy foizining 8 foizi fond tomonidan kompensatsiya orqali qoplanadi)
– xorijiy valyutada – jalb qilingan mablag‘larni hisobga olgan holda tayinlanadi.
* 100 000 AQSh dollaridan ortiq kreditlar likvidli garovni ta’minlash sharti bilan ajratiladi.
* * Bunda mijoz foizlarning bir qismini qoplash bo‘yicha Tadbirkorlikni davlat qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kafolati yoki kompensatsiyasidan foydalanishi mumkin.
Agrobank bilan biznesingiz yangi bosqichga ko'tariladi. Biz bilan ufq kengligini yarating!
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Agrobank “Meva-sabzavot ” ga yangi kreditni taqdim etadi!