Agrobank: oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda
Oilaviy tadbikorlikni rivojlantirish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin qizlar tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash bugun davlat siyosatidagi ustuvor masalalardan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida aholi bandligi va farovonligini oshirishning eng muhim qoidasi ham shu bo‘lishi tabiiy. Soha rivoji yo‘lda olib borilayotgan islohotlarning yana bir jihati shundaki, davlat bu borada qat’iy maqsadli dasturlarni belgilab berdi, shuningdek moliyaviy manbalar ham aniq ko‘rsatildi.
“Agrobank” ATB ham jarayonning muhim va faol ishtirokchilaridan biri sifatida har bir hudud bo‘yicha aholi ehtiyojlarini, ularni qiynayotgan muammolarini, tadbirkorlik tashabbuslarini tahlil qildi. O‘rganishlar, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar esa o‘z o‘zidan yechimlarga yo‘l ochdi. Natijada, bank tomonidan joriy yilning 1 iyul holatiga oilaviy tadbirkorlik uchun 79083 ta fuqaroga 1 trillion 975 milliard 592 million so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Bu orqali esa, qo‘shimcha 80 262 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bank tomonidan yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning shu davriga qadar 1 trillion 343 milliard 61 million so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirildi. Natijada 55502 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.
Mana shu e’tibor sabab minglab oilalar farovonligi, hayot sifat darajasining yaxshilanishiga va albatta hududlar taraqqiyotiga yo‘l ochmoqda.
17.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
10.04.2025
Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.
07.04.2025
Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida
Agrobank: oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda