Agrobank: Qumqo‘rg‘onda mahallabay tizimi bo‘yicha faol ish olib bormoqda
Bir hududning rivojlanayotgani, taraqqiy etayotgani qanday namoyon bo‘ladi? Odamlarning turmushi, yashashi, bu o‘zgarishlarga 237 321 nafar fuqaroning taqdirida kechayotgan o‘zgarishlar olis Qumqo‘rg‘onning bugungi odimlariga hamohang, ildamlab borayotgan taraqqiyotidan dalolatidir.
Hudud iqtisodi, ertasiga daxldor loyihalar o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Sharoit va zarur resurslar talabi hamisha, har yerda bor. Qumqo‘rg‘onda aholini tadbirkorlikka jalb etish ishlari, dastavval ularga sharoit yaratishdan boshlandi.
Hududning o‘sish nuqtasi dehqonchilik, chorvachilikdir. O‘zlashtirilmagan yerlar esa gektarlab topiladi. "Agrobank" ATB tomonidan ajratilgan 1 milliard homiylik mablag‘i asosida avvalo suv quduqlarini qazish loyihasiga start berildi.
Bu esa qaqroq dalalarni o‘zlashtirish, tashlandiq maydonlarni mahalliy aholi uchun daromad manbaiga aylantirishga yo‘l ochdi.
Shuningdek, ekin dalalariga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish uchun 26 milliard 252 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Natijada 1910 gektar maydon endi unumdor yerlarga aylandi. Pirovardida serhosil issiqxonlar safi va maydoni kengayib borayapti.
Tadbirkorlar daromadidagi o‘sish surati aholi tomorqalariga ham daxldor. Mahallabay tizimidagi dastlabki o‘rganishlar natijasida tuman bo‘yicha 3663 nafar fuqaro temir daftarga kiritilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 101 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, ruyxatga olingan 6428 nafar yoshlar safi qariyb 4 000 ga qisqarib, hozir daftarda 2448 nafar yoshlar vakili qolgan.
Ayollar daftarida ham dastlabki o‘rganishlar 3082 nafar xotin-qizni ro‘yxatga olishni taqozo etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qisqa fursatda teng yarmiga kamayib, xozirda 1582 nafar ayollargina ro‘yxatda mavjud.
"Agrobank" ATB tomonidan qandolatchilik yo‘nalishida ajratilgan 190 000 000 million so‘m kredit mablag‘lari Do‘stlik maxallasi “Umidaxonim milliy shirinliklari” korxonasining ish boshlashiga katta turtki bo‘ldi. Korxona rahbari ham yoshlar vakili. Shu bois ish o‘rni yaratish asnosida qandolatchilik va tadbirkorlik sirlarini ham tengdoshlariga o‘rgatib boryapti.
2021 yilda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani bo‘yicha 1923 nafar fuqaroga 52 milliard 094 million so‘m kredit ajratilgan va buning natijasida 1923 ta ish o‘rni yaratilgan.
Uyma-uy o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, mahallabay ishlash tizimi natijasida Qumqo‘rg‘onda har bir oila muqim daromadiga ega bo‘lishga chog‘langan.
O‘z-o‘zini band qilish zarurligini, bu tizimning ahamiyatini odamlar allaqachon anglab yetishdi. Tadbirkorlikka bel bog‘lab, tomorqasidan rizq undirishga tutingan yurtdoshlarimizga esa Agrobank ham moliyaviy ko‘makdoshdir.
"Agrobank" ATB Matbuot xizmati
Agrobank: Qumqo‘rg‘onda mahallabay tizimi bo‘yicha faol ish olib bormoqda