
Agrobank - Turkiya Eksimbanki bilan uzoq muddatli kredit kelishuvini imzoladi
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar investisiya muhitiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Koronavirus pandemiyasi xalqaro sheriklar bilan to‘laqonli aloqa qilish imkoniyatini cheklagan hamda karantin talablariga moslashish zaruriyatini talab etayotganiga qaramay, chet ellik hamkorlarning respublikamizga bo‘lgan qiziqishi pasayganicha yo‘q.
Agrobank va Turkiyaning Eksimbanki bilan o‘zaro moliyaviy hamkorlik kelishuvni bunga yaqqol misoldir.

Mazkur on-layn marosimda Agrobank umumiy qiymati 25 mln AQSH dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi.

Shuni ta’kidlash joizki, bank uchun bu tarixiy voqea hisoblanadi, chunki shunday nufuzli moliya muassasasi - Turkiyaning Eksimbanki bilan tuzilgan ilk bitimdir. Turkiya texnologiyalari bizning bozorda o‘zining afzal jihatlarini namoyon etgani va narx-sifat talablariga javob berishini hisobga olib, ularga bo‘lgan talab oshmoqda, demak, bu ularni moliyalashtirish manbalariga bo‘lgan talabni paydo qilmoqda.
Bugun har ikki bank tomonidan qo‘yilgan poydevor bank sohasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
Ushbu kredit mablag‘larini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish ko‘plab investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda Respublikamizning ish o‘rinlariga muhtoj hududlarida qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilishga yordam beradi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Agrobank - Turkiya Eksimbanki bilan uzoq muddatli kredit kelishuvini imzoladi