Agrobank: umumjahon pul haftaligini o‘tkazdi.
Dunyo olimlari va xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha odamlarga pul topish, uni sarflash savodxonligini bolaligidanoq singdirib borish lozim. Shu maqsadda 2012 yilda boshlangan xayrli aksiya bugun dunyoning 170 dan ortiq davlatlarida, unga jalb qilingan yoshlar qamrovi esa allaqachon 40 milliondan oshdi. Ikki yildirki O‘zbekiston ham jarayonlarning faol ishtirokchisidir.
Pul topshi qiyin, ammo uni to‘g‘ri sarflash undan qiyinroq. "Learn.Save.Earn." Aksiya talabi shunday. Uning doirasida eng avvalo mablag‘ni saqlash ya’ni jamg‘arish, hamda uni ko‘paytirish yoki ishlab topish imkonlarini o‘rganish mumkin. Shunday qilib, Global Money Week ning asosiy maqsadi har bir yoshni moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmaga ega qilishdir.
"Agrobank" ATB Navoiy viloyatidagi maktablari ishtirokida ushbu haftalik tadbirlari o‘tkazildi. Jarayonlarda hududdagi 10 ta maktabdan 2500 minga yaqin o‘quvchilar, 500 ga yaqin aholi va bank mijozlari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida mahorat darslar, ochiq darslar, insholar, ko‘rgazmali burchaklar tashkil etilib, bank filiallariga press turlar tashkil etildi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Agrobank: umumjahon pul haftaligini o‘tkazdi.