Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga munosib hissa

21.08.2020

2020 yil 21 avgust kuni“ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilashda ATB “Qishloq qurilish bank” ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati va tegishli tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

IMG_1093.JPG

Tadbirda yig‘ilganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020 yil 1 maydagi “Aholini uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bajarilgan ishlar, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda erishilayotgan natijalar va bu boradagi istiqboldagi rejalar bilan atroflicha tanishtirildi.

Bank Boshqaruvi mas’ul xodimlari tomonidan bankning kredit siyosati asosiy tamoyillari, xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar va uy-joy xarid qilish ipoteka kreditlarini ajratish shartlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Qayd etildiki, bugungi kunda “Qishloq qurilish bank” tizimida 42 ta filial, 33 ta minibank, 11 ta “Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari”, 201 ta shoxobchalar orqali aholiga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Bank tomonidan yangi tartib asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartira hamda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylar xarid qilish uchun ipoteka kreditlari ajratilmoqda.

Ayniqsa, yangi tartib asosida ajratilayotgan ipoteka kreditlari aholining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bank tomonidan yangi uy uchun ipoteka kredit olish shartlari birmuncha soddalashtirilib, xizmat tariflari sezilarli ravishda tushirildi, kredit muddati esa 20 yil etib belgilandi. Unga ko‘ra, fuqarolar yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, yangi tartib doirasidan tashqari foydalanishga topshirilgan sanadan ko‘pi bilan ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobidan bo‘lgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni taklif etuvchi birlamchi uy-joy bozoridan uy xarid qilish imkoniyatiga egalar.

Joriy yilning 20 avgust holatiga birlamchi uy-joy bozorida kvartira xarid qilish maqsadida, 222 ta fuqarolarga jami 51,3 mlrd. so‘mlik, shundan subsidiya to‘lanadigan 14 ta fuqarolarga 3,4 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

O‘z navbatida, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun ipoteka kreditlari ajratishga doir tartib ham amal qilmoqda. Bunda uy-joy oluvchi fuqaro dastlab tuman hokimligidan tavsiyanoma olib, injiniring kompaniya bilan shartnoma rasmiylashtirishi talab etiladi. Bu turdagi ipoteka krediti muddati bir yildan iborat imtiyozli davr bilan 20 yilgachani tashkil etadi.

IMG_1110.JPG

Joriy yilda “Qishloq qurilish invest” IK ishtirokida jami 8 000 ta arzon uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 4098 ta uy-joylar bevosita ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Mazkur uy-joylarning 1824 tasi (336,5 mlrd. so‘m) Osiyo taraqqiyot banki, 2 274 tasi (353,4 mlrd. so‘m) Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Joriy yilning 20 avgust holatiga kelib, qurilish ishlarini moliyalashtirish maqsadida 52,04 mlrd. so‘mlik aholi mablag‘lari hamda 94,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli ipoteka krediti mablag‘lari - jami 146,54 mlrd. so‘mlik mablag‘lar sarflandi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot oldilar.

   

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi