JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

29.04.2014

Joriy yilning 25-aprel kuni Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank”ning aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishda Bankning 2013 yildagi faoliyati bo‘yicha bank Kengashining hamda Boshqaruvining hisoboti, bankning hisobot yilidagi faoliyati bo‘yicha Taftish komissiyasining hisoboti hamda bankning foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash hamda uning   2014 yilga belgilangan ustuvor vazifalari kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, bank Boshqaruvi va Kengashining aksiyadorlariga taqdim etilgan hisobotida qayd etildiki, bankning 2013 yilgi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 17-yanvardagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  belgilab berilgan 2013 yilgi  iqtisodiy  dasturining eng muhim ustuvor  yo‘nalishlari  ijrosini ta’minlash, Davlatimiz  rahbari va Hukumatning bank tizimini yanada isloh qilish, barqarorligini oshirish hamda yuqori  reyting ko‘rsatkichlariga erishishga  qaratilgan  farmon va qarorlari, mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi shuningdek, 2010 yil 26-noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika  moliya-bank  tizimini yanada  isloh qilish  va barqarorligini oshirish hamda  yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga  erishish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risidagi  PQ-1438-sonli qarorida belgilangan talablarining amaldagi ijrosini bajarishga qaratildi.

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi