Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Hujjatda aksiyadorlik jamiyatlari, fond birjalari va elektron tijorat sohalaridagi huquqiy mexanizmlar qayta ko‘rib chiqilgan. Qonun bilan aksiyadorlarning dividend to‘lanishiga oid huquqlari mustahkamlanmoqda.

Qonunga muvofiq, har bir aksiyadorlik jamiyati o‘z veb-saytiga ega bo‘lishi majburiyligi bo‘yicha talablar soddalashtiriladi. Shu bilan birga, fond birjalarini tartibga solish vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga o‘tkazildi.

Qonun elektron tijorat, sug‘urta va kapital bozorlarida fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Endilikda:

– aksiyadorlarga dividendlar bo‘yicha qonun himoyasi ta’minlanadi;
– xodimlar aksiyalarni arzonroq olishi mumkin;
– aksiyadorlik jamiyatlari veb-saytga ega bo‘lishi shartligi va axborot oshkor etilishi talablari soddalashtiriladi.

Eng muhim yangilik — fond birjalarini tartibga solish vazifasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi zimmasiga yuklatildi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Orphus tizimi