Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Hujjat kapital va sug‘urta bozorlarini rivojlantirish, elektron tijoratni takomillashtirish hamda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internetda noqonuniy tavakkalchilik o‘yinlari tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar ushbu holatlarni tartibga solish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishni ko‘zda tutishi aytilmoqda.

Yangi me’yorlarga ko‘ra:
 • Aksiyadorlarning dividend olish huquqi mustahkamlanadi.
 • Aksiyadorlik jamiyatlari uchun veb-saytga ega bo‘lish majburiyligi bekor qilinadi.
 • Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘tkazish tartibi aniqlashtiriladi.
 • Fond birjalari faoliyatini tartibga solish, lotereya va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash Istiqbolli loyihalar milliy agentligi zimmasiga yuklatiladi.

Qonunning qabul qilinishi kapital bozori, sug‘urta va elektron tijorat sohasini rivojlantirishga hamda noqonuniy tavakkalchilik o‘yinlarining oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Orphus tizimi