Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank”
aksiyadorlari diqqatiga!
2016 yil 26 avgust kuni soat 10.00 dan boshlab ATB «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18-A uy.
Aksiyadorlar 2016 yil 26 avgust kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
I. ATB “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlarining 2016 yil 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida aksiyalar nominal qiymatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorini bekor qilish to‘g‘risida.
II. ATB “Qishloq qurilish bank”ning 2015 yil yakuni bo‘yicha vujudga kelgan soliq imtiyozlarini, ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari bo‘lgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi to‘g‘risida.
III. ATB “Qishloq qurilish bank”ning qo‘shimcha aksiyalarini muomalaga chiqarish to‘g‘risida.
IV. ATB “Qishloq qurilish bank”ning qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
V. Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
VI. Bankning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
VII. Bankda Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya etish majburiyatini olish va xabar berish shaklini tasdiqlash.
VIII. Bankning “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kengashi to‘g‘risida”gi, “Bank Boshqaruvi to‘g‘risida”gi, “Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi va “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi Nizomlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
IX. Bankning “Axborot siyosati to‘g‘risida”, “Ichki nazorat to‘g‘risida” va “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2016 yil 22 avgust holatiga ko‘ra tuziladi.
ATB «Qishloq qurilish bank» Kengashining 2016 yil 3 avgustdagi qaroriga asosan:
1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reestr yopiladigan sana: 2016 yil 28 iyul.
2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etadigan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana: 2016 yil 22 avgust.
07.05.2025
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.
06.05.2025
Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi
05.05.2025
«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda
Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlari diqqatiga!