JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki o‘z filiallarida mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tekshirish uchun "Sirli mijoz" xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyani tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

25.03.2021

"Sirli mijoz" marketing tadqiqotlari soni va taxminiy byudjeti:

196 filialga yiliga kamida 1 marta tashrif.

Yiliga jami 196 ta tashrif, shundan:

Toshkent shahri bo‘yicha taxminan 13 ta tashrif, respublika bo‘yicha 183 ta tashrif.

Tanlovda malaka talablari va quyidagi mezonlarga javob beradigan mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday mahalliy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;

shartnoma tuzish huquqiga egalik;

soliq qarzi va boshqa majburiy to‘lovlarning yo‘qligi;

tanlovda ishtirok etayotgan mahalliy va yuridik shaxslarga qarshi kiritilgan bankrotlik protseduralarining yo‘qligi;

insofsiz ijrochilar yagona ro‘yxatida yo‘qligi;

sertifikatlangan xodimlarning mavjudligi.

Tanlov bilan bog‘liq hujjatlar: portalga joylashtirilgan (http://etender.uzex.uz/lot/6799)

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Asakabank’da «Avans» omonatini rasmiylashtiring va foizlarni oldindan — joylashtirish paytidayoq oling.

11.02.2026

Asakabank’da «Avans» omonatini rasmiylashtiring va foizlarni oldindan — joylashtirish paytidayoq oling.

Xalq Banki  “Farovon” ipoteka kreditini taklif etadi.

10.02.2026

Xalq Banki “Farovon” ipoteka kreditini taklif etadi.

"Ta'mir" ipoteka krediti – boshlang'ich to'lovsiz 10 yil muddatga

11.02.2026

"Ta'mir" ipoteka krediti – boshlang'ich to'lovsiz 10 yil muddatga



Orphus tizimi