Aldov yo‘li bilan mijozlar mablag‘larini o‘zlashtirishning yana bir usuli paydo bo‘ldi — firibgar-brokerlarning xizmatlari!

12.01.2021
Xorijiy brokerlik platformalarining vakillari sarmoya kiritish orqali qo‘shimcha daromad olish uchun tahliliy xizmatlarni taklif qilishmoqda. Bunday mazmundagi taklif va reklamalar ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ko‘p uchraydi.

Ko‘p hollarda firibgarlar Forex bozorida savdo qilish imkonini beruvchi platformalardan foydalanishni taklif etishadi. Ishlab topilgan mablag‘larni brokerlik platformasidan chiqarib olish kerak bo‘lganida esa ularga jo‘natgan murojaat va xatlaringizga javob berishmaydi. Natijada mablag‘laringiz firibgarlarda qolib ketadi.

Faqatgina lizentsiyaga ega va tekshiruvdan o‘tgan brokerlik kompaniyalari xizmatlaridan foydalaning. Mazkur kompaniyalar faoliyatini o‘rganib chiqing va ular haqida qoldirilgan fikrlar bilan tanishing. 

Ogoh bo‘ling, firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanib qolmang.
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi