Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayram shukuhi kezayotgan shu kunlarda Samarqand viloyati shaharu qishloqlarida ham bir qator sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari foydalanishga topshirildi.
Samarqand shahrida “Aloqabank” viloyat filialining yangi binosi qurib bitkazilgani bank xodimlari va mijozlar uchun keng qulayliklar yaratdi. Qurilish ishlari Samarqanddagi “Sufat-GD” firmasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi. Mamlakatimiz bank-moliya tizimida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan mazkur bank keyingi yillarda mijozlar ishonchini oqlab, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar va aholining eng yaqin hamkoriga aylanib bormoqda. So‘nggi yillarda bank aktivlari 1,5 barobar ko‘payib, joriy yil 1 avgust holatiga ko‘ra 440,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 39 foizga oshdi. Umumiy kredit portfelida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar salmog‘i 140,4 milliard so‘m bo‘lib, yil boshiga nisbatan 169,6 foizni tashkil etdi. Ana shunday samarali faoliyat tufayli jahonning nufuzli reyting agentliklaridan biri bo‘lgan “Moody’s” agentligi tomonidan mazkur bankka berilgan uch yo‘nalish bo‘yicha “Barqaror” reytingi to‘rt yildan buyon tasdiqlab kelinmoqda.
Bankning Samarqand filiali ayni paytda viloyatdagi 1,5 mingdan ziyod yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda. “Aloqabank”ning 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturiga ko‘ra mazkur moliya muassasasi uchun yangi bino bunyod etilgani xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Aloqabank” – yangi binoda