AT «Aloqabank» yo’l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni to’lash xizmatini joriy qildi.
Endilikda «AlPay» foydalanuvchilari yo’l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni uydan chiqmagan holda, o’zlarining mobil telefonlari orqali to’lashlari mumkin.
Buning uchun “Xizmatlar to’lovlari” – “Davlat va kommunal to’lovlari” – “Jarimalarni to’lash” bo’limlariga kirish kerak bo’ladi. So’ngra pochtadan kelgan qaror raqamini hamda to’lov summasini kiritasiz. Ma’lumotlar (jarima turi, qaror raqami va boshqalar) tekshirilib, to’lov tasdiqlanganidan so’ng Siz jarima to’lovini amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi.
To’lovni «AlPay» mobil tizimiga kiritilgan bir nechta plastik kartalar orqali bir martada to’lig’icha yoki qisman amalga oshirishingiz mumkin. (Eng kam miqdori – 10 000 so’m).
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
«AlPay» to’lov tizimi