Odatda, talabalar o‘qish davrida turli tashkilot va idoralarda amaliyot o‘tashini bilamiz. Hatto ish o‘rganish uchun mahoratli ustozlarni izlab yuradiganlar ko‘p. Ammo bu davrda amaliyotchi talabalarga pul to‘langanini eshitganmisiz?!
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan ana shunday mexanizm yo‘lga qo‘yildi.
— Bank-moliya sohasida, ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash juda muhim, — deydi Inson resurslari departamenti bo‘lim boshlig‘i Solijon Raxmatov. — Bu borada har bir yigit-qiz tizimli tahlil va qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llash bilan birga, qilayotgan mehnati uchun munosib rag‘bat olishi lozim. Xalq banki joriy etgan yangi tizim ana shu maqsad va vazifalarga xizmat qiladi.
Aytish joizki, hozir moliya muasassasida amaliyot o‘tash uchun ko‘plab yoshlar qiziqish bildirmoqda. Xususan, kuni kecha tashkil etilgan test jarayonlarida qariyb 40 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Unga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan talaba Xalq bankida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Bank Axborot xizmati
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
Xalq banki amaliyot o‘tagan talabaga maosh to‘laydi!