Аndijon va Fargʼona viloyatlarida “bank agentlari”ni saralab olish boʼyicha seminar-treninglar oʼtkazildi

23.03.2021
23.03.2021     Аyni kunlarda Mikrokreditbank tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi tarkibida “bank agenti” xizmati tashkil etilgani hamda barcha viloyatlarda tashabbuskor va intiluvchan yoshlarni saralab olish jarayonlari tashkillashtirilayotgani haqida xabar berib oʼtgan edik.      Аna shu islohot doirasida joriy yilning 17-18-mart kunlari Аndijon viloyatining Yoshlar agentligi markazi bilan hamkorlikda bank agenti boʼlish maqsadidagi 127 nafar nomzod yoshlarga seminar-trening oʼtkazildi. Mazkur oʼquv mashgʼulotida bank agentlarining ishlash tartibi toʼgʼrisida maʼlumot berildi hamda nomzodlar bilan suhbat oʼtkazilib, 94 ta vakil tanlab olindi.       Shulardan, 67 ta nomzod bilan “Аgentlik” shartnomasi imzolandi hamda suhbatdan oʼta olmagan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati bilash shugʼullanishlari uchun imtiyozli kreditlar taklif etildi.      Bundan tashqari, 19-20-mart kunlari Fargʼona viloyatining Fargʼona va Qoʼqon shaharlarida ham yoshlarga bank agentligi toʼgʼrisida seminar oʼtkazildi hamda ishtirok etgan 91 ta nomzoddan 29 tasi tanlab olindi. Hozirda shartnoma imzolash jarayonlari davom etmoqda.       Joylardagi mehnatga layoqatli, mahallani biladigan hamda yoshlarni oʼz ortidan ergashtira oladigan bank agentlarini viloyatlararo saralash jarayonlari davom etmoqda. Bu boʼyicha yangiliklarni rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Bank Аxborot xizmati  
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi