JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Andijonda «Global money week» — Umumjahon pul haftaligi doirasida tadbirlar boshlandi

30.04.2021
«Global money week» — Umumjahon pul haftaligi munosabati bilan «Hamkorbank» ATB umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ochiq darslarni o‘tkazish yuzasidan o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qildi. 

Tadbirning bosh maqsadi — ertamiz egalarini kichik yoshdan pul bilan muomalada bo‘lishga o‘rgatish, pulni tejash, undan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Tanlovda informatika, matematika, xorijiy tillar, mehnat, iqtisodiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ochiq darslar 5-11 sinflarda o‘tkazilishi belgilangan. «Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchi va maktab joriy yilning 20 may kuni e’lon qilinadi. Mahoratli pedagog va maktabga «Hamkorbank» ATBning maxsus sovg‘alari taqdim etiladi. 

Kuni-kecha Andijon shahridagi 30 umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir «Men pul jamg‘arishni bilaman» shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Informatika fani o‘qituvchisi Sevara Otaboyeva tomonidan 5 sinfda tashkil etilgan ochiq darsda bolalarga puldan maqsadli foydalanish, uni to‘g‘ri sarflash, shuningdek, bank xizmatlari: omonat, kredit haqida batafsil tushuncha berildi. 

O‘quvchilar tomonidan qaysi kasb yoki hunar tanlanmasin, matematika, informatika, xorijiy tillarni mukammal egallash zarurligi ta’kidlandi. Mavzuga doir tayyorlangan sahna ko‘rinishlari darsni puxta o‘zlashtirish imkonini berdi.  Tadbirda faol ishtirok etganlarga Hamkorbank'ning  esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Maktabda ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilarga «Global money week» — Umumjahon pul haftaligi munosabati bilan tayyorlangan tarqatma materiallar taqdim etildi. 
  
Ziyo maskanlarida moliyaviy savodxonlik tadbirlari davom etmoqda.

Hamkorbank - 30 yil Siz bilan birga!
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Octobankda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq

24.11.2025

Octobankda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq

TBC Business’dan biznes uchun onlayn kredit — pul shu yerda va hozir kerak bo‘lganda

21.11.2025

TBC Business’dan biznes uchun onlayn kredit — pul shu yerda va hozir kerak bo‘lganda

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin

19.11.2025

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin



Orphus tizimi