JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025
AO “PAYNET” kompaniyaning strategik rivojlanishini ta’minlash maqsadida Kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Ushbu qadam korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, uning oshkoraligi, barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Kuzatuv kengashi tarkibiga fintex, transformatsion liderlik, korporativ boshqaruv va strategik o‘zgarishlar sohalarida yuqori professional obro‘ va tajribaga ega xalqaro mutaxassislar kiritilgan:

• Michael Kouly – Cambridge Institute for Global Leadership prezidenti va bosh ijrochi direktori, strategik yetakchilik va korporativ boshqaruv sohasida xalqaro tadqiqotchi, kitoblar muallifi va Garvard dasturlarining ma’ruzachisi.

• Nargis Dustmatova – O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasi direktori, fintex ekotizimi, ta’lim tashabbuslari va raqamli innovatsiyalar rivoji bo‘yicha ekspert. Mamlakatda moliyaviy texnologiyalarni faol targ‘ib qiladi, sohaning barqaror rivojlanishi va raqamli iqtisodiyotdagi inklyuzivlik tarafdoridir.

• Xurshid Zaynutdinov – KZ Consulting direktori, xalqaro maslahatchi, tashkilot rivoji va o‘zgarishlar bo‘yicha sertifikatlangan kouch, boshqaruv konsaltingi va mentorlik sohasida mutaxassis.

• Tariq Qureishy – Xponential Group va Future Readiness Institute asoschisi va bosh ijrochi direktori, raqamli transformatsiya va biznes kelajagi bo‘yicha ekspert, ilgari Bloomberg Media va Dow Jones kompaniyalarining EMEA mintaqasidagi rahbari bo‘lgan, Garvard biznes maktabi bitiruvchisi.

• Mustafa Abdraxmanov – “NEW INDUSTRIAL TECHNOLOGIES” MChJ bosh direktori

photo_2025-05-07_09-00-08.jpg

Kuzatuv kengashining asosiy vazifalaridan biri —  kompaniya rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsiyalar, o‘sish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarida boshqaruv jamoasini qo‘llab-quvvatlash, hamda investorlar, hamkorlar, tartibga soluvchi organlar va jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kuzatuv kengashining shakllantirilishi kompaniyaning barqaror va sifatli rivojlanishga intilishini aks ettiradi. Uning a’zolarining tajribasi va bilimlari PAYNETning strategik maqsadlarini yanada mustahkamlash hamda tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.
O'xshash yangiliklar
 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda



Orphus tizimi