Arab iqtisodiyotini rivojlantirish Quvayt jamg‘armasi bilan uchrashuv

17.03.2016


2016 yil 15 mart kuni  ATB «Qishloq qurilish bank»  rahbarlarining  Arab iqtisodiyotini rivojlantirish Quvayt jamg‘armasining Markaziy osiyo va Evropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy menedjeri janob YUsef al-Bader  bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ATB «Qishloq qurilish bank»  nomidan bank Boshqaruvi raisi B. M. Mullaxanov, bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari A. A. Muratov hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat departamentining xalqaro moliya institutlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i A. O. Xadjiev qatnashdilar.

Uchrashuv mobaynida «Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish» dasturini moliyalashtirishda Arab iqtisodiyotini rivojlantirish Quvayt jamg‘armasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PQ-2454 - sonli qarori talablarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida  ATB «Qishloq qurilish bank»  ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish masalalari ko‘rib chiqildi.

 


 

Bank axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi