O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori mamlakatimiz aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashda yangi bosqichni boshlab berdi.
Har bir massivning bosh rejasida xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlar e’tiborga olingan. Energiyani tejaydigan mahalliy materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishiga hamda aholining barcha qatlami uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular xususida so‘z yuritildi.
– Barcha uylarning seysmik jihatdan zilzilabardoshligi 7-8 ballga mo‘ljallangan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev. – Buning uchun loyihalarda temirbeton bog‘lamalar, devorlar kesishish burchaklarini bo‘ylama va ko‘ndalang armokarkaslar bilan mustahkamlash kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyihalarda kanalizatsiya tizimi alohida chiqindixonaga ulanishiga e’tibor qaratilgan. Suv ta’minoti qiyin bo‘lgan hududlarda esa har bir xonadonga alohida qo‘shimcha zaruriy binolar quriladi.
Ta’kidlash joizki, qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning ochiqligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Манба: www.uza.uz
24.12.2024
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling
19.12.2024
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi
Arzon uy-joylar: har bir hududda alohida yondashuv