JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

«Asaka» bank aksiyadorlarining 2017 yil yakunlari bo'yicha umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g'risida axborot

08.06.2018

«Asaka» bank

(pochta manzili: 100015, Toshkent sh., Nukus ko'chasi - 67)

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning  hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi 2018 yilning 19 iyun kuni

soat 15:00da «Asaka» o’quv kompleksi» ShXJning majlislar zalida o'tkaziladi.

Manzil: Toshkent sh., Yashnabod tumani, Farg’ona yo’li ko'chasi – 23.

Kun tartibi:

  1. Bankning 2017 yildagi faoliyati natijalari to’g’risida bank Kengashi hisoboti.
  2. Bank Boshqaruv Raisining 2017 yildagi moliyaviy - xo’jalik faoliyati to’g’risida hisoboti.
  3. Bankning 2017 yildagi faoliyati to’g’risida Taftish komissiyasi hisoboti.
  4. 2017 yil yakunlari bo’yicha tashqi audit tekshiruvi natijalari bo’yicha «Asaka» bank Ichki Audit xizmatining hisoboti.
  5. «Asaka» bankning 2017 yil yakunlari bo’yicha yillik hisobotni, hamda buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash.
  6. «Asaka» bankning 2017 yildagi foydasini taqsimlash.
  7. «Asaka» bankning 2018-2021 yillarga mo’ljallangan Strategik rivojlantirish rejasini tasdiqlash.
  8. «Asaka» bank Kengashi a’zolarini saylash.
  9. «Asaka» bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  10. «Asaka» bank Boshqaruvi Raisi bilan ishga yollash bo’yicha shartnomani imzolash to’g’risida.
  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli    «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining 2-bandi talablari ijrosi.
  12. «Asaka» bank Kengashiga, bank ustav kapitalini oshirish va yangi aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash vakolatini berish.
  13. «Asaka» bank tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish.
  14. «Asaka» bankning «Ko’zda tutilmagan holatlar» hisob varag’ida 5  yildan ortiq muddat hisobi yuritilayotgan qarzdorliklarni bank balansidan o’chirish to’g’risidagi bank Kengashi qarorini tasdiqlash.
  15. Bankning afillangan shaxslar bilan bitim va kelishuvlarini ma’qullash.

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishini o’tkazilishi to’g’risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2018 yil 8 iyun.

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2018 yil 13 iyun.

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha ma’lumotlar bilan «Asaka» bank Bosh ofisida  tanishish mumkin. Manzil: 100015,  Toshkent sh., Nukus ko’chasi – 67, tel.: 200-55-22, 120-39-60, 120-81-16.                      

«Asaka» bank Kengashi

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda



Orphus tizimi