2017 yil 21 iyunda «Asaka» bank aksiyadorlarining hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1. Bankning 2016 yildagi faoliyati natijalari to’g’risida Bank Kengashi hisoboti.
2. Bank Boshqaruv Raisining 2016 yildagi moliyaviy - ho’jalik faoliyati to’g’risida hisoboti.
3. Bankning 2016 yildagi faoliyati to’g’risida Taftish komissiyasi hisoboti.
4. 2016 yil yakunlari bo’yicha tashqi audit tekshiruvi natijalari bo’yicha «Asaka» Bank Ichki Audit xizmatining hisoboti.
5. «Asaka» Bank Kengashi a’zolarini saylash.
6. «Asaka» Bank Boshqaruvi Raisi bilan ishga yollash bo’yicha shartnomani imzolash to’g’risida.
7. «Asaka» Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
8. «Asaka» Bankning 2016 yil yakunlari bo’yicha yillik hisobotni, hamda buxgalteriya. balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash.
9. «Asaka» Bankning 2016 yildagi foydasini taqsimlash.
10. 2017 yilda Bankni auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning. xizmatlariga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
11. “Asaka” bank e’lon qilingan aksiyalarining eng ko’p miqdorini belgilash.
12. «Asaka» Bank ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash.
13. “Asaka” Bank Kengashiga, Bank ustav kapitalini oshirish va yangi oddiy aksiyalarni. chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash vakolatini berish.
14. “Asaka” bankning quyidagi ichki normativ hujjatlarini yangi tahrirda tasdiqlash:
- “Asaka” bank korporativ boshqaruvi» kodeksi;
- “Asaka” bank Ichki nazorati to’g’risida”gi nizom;
- “Asaka” bank Dividend siyosati to’g’risida”gi nizom;
- “Asaka” bank Manfaatlar qarama - qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g'risida”gi nizom.
15. Bankning afillangan shahslari bilan bitim va kelishuvlarni ma’qullash.
«Asaka» bank aksiyadorlarining umumiy hisobot (yillik) yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
«Asaka» bank aksiyadorlarining hisobot (yillik) umumiy yig’ilisi bo’lib o’tdi