«Asaka» Bank
(pochta manzili: 100015, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy)
Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2019 yilning 13 mart kuni
soat 15-00da «Asaka» Bankning Bosh ofisida o'tkaziladi.
Manzil: Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy.
Kun tartibi:
- «Asaka» Bank Kengashi a’zolarini saylash.
- «Asaka» Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
- «Asaka» Bank Kengashi to’g’risidagi Nizomga o’zgarishlar kiritish.
- «Asaka» Bank Boshqaruvi Raisi bilan ishga yollash bo’yicha shartnoma tuzish.
- «Asaka» Bank yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- «Asaka» Bank 2019-2021 yillarda rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
- “PKF MAK ALYANS” MChJ auditorlik kompaniyasining 2019 yil 28 fevraldagi hisobotini tasdiqlash.
- “Asaka” banki aksiyadorlarining 2018 yil 25 dekabrda o’tkazilgan navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qabul qilingan qarorlarining V va VI masalalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
- “Asaka” bankining qo’shimcha aksiyalar chiqarish to’g’risidagi qarorini tasdiqlash.
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 yanvardagi 20-sonli qarori talablarini bajarish va affillangan shaxs bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi bilan bitim tuzishni ma’qullash to’g’risida qaror qabul qilish.
- “Asaka” bank kengashiga “Asaka” bankining ustav kapitalini oshirish va “Asaka” bankining qo’shimcha aksiya chiqarish to’g’risidagi Qarorini tasdiqlash vakolatini berish.
- «Asaka» Bank Kengashining «Ko’zda tutilmagan holatlar» hisob raqamida 5 yildan ortiq mavjud bo’lgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo’yicha qarorlarini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazilishi to’g’risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2019 yil 26 fevral.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2019 yil 06 mart.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha ma’lumotlar bilan «Asaka» Bank Bosh Ofisida tanishish mumkin.
Manzil: 100015, Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy, tel. 78 120-82-67, 120-82-26.
«Asaka» Bank Kengashi
«ASAKA» BANK AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG’ILISHI O'TKAZILISHI TO'G’RISIDA AXBOROT