Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, hayot sifatini oshirishga xizmat qiluvchi keng koʼlamli bunyodkorlik, qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda “Аsaka” bank ham faol ishtirok etmoqda. Bank tomonidan viloyatning Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin tumanlarida 18 ta loyiha hayotga tadbiq etilayotgan boʼlib, ularning ishga tushishi xududda istiqomad qiluvchi fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Mana shunday loyihalardan biri Mirzaobod tumanidagi limonchilik klasteridir. Maʼlumki, joriy yilning fevralь oyida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʼini yanada rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori eʼlon qilingan edi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ilgʼor va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qoʼllash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan loyiha xududda 300 kishining doimiy ish oʼrniga ega boʼlishiga xizmat qiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 5,5 million АQSh dollaridan ziyod boʼlib, bank krediti 4 million АQSh dollarini tashkil etmoqda. “Аsaka” bankdan olingan kredit evaziga issiqxona haroratini meʼyorlashtirib turuvchi, suv purkovchi zamonaviy uskunalar olib kelib, oʼrnatiladi. Loyihaning oʼziga xosligi shundaki, ekilgan limon koʼchatlari hosilga kirguniga qadar, issiqxonaga bir vaqtning oʼzida qulupnay ham ekilib, hosil olib turiladi. Bundan tashqari, manfaatdorlikni oshirish maqsadida 16 gektar yer maydoni 64 ta xoʼjalik subʼektiga boʼlib beriladi.
Loyiha tashabbuskorlarining aytishicha, limonchilik klasteri toʼliq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga har bir gektar yerdan 40-45 tonna qulupnay, 55-60 tonna limon olish mumkin.
“Аsaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Аsaka bank ko'magida 16 gektar maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etiladi