“Finiba tex” tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi ochiladi.
Joriy yilning iyul oyida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “Finiba tex” tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi ochiladi. Loyihaning umumiy qiymati – 1 mlrd 166 mln so‘m. Hozirda faoliyat amalga oshiriladigan binoni rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Tikuv mashinalari va xom ashyo mahsulotlari olib kelingan. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 11 mlrd so‘mdan ziyod kiyim kechaklar ishlab chiqariladi. Bu yaqin kunlar ichida Mirzaobod tumanida 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishidan dalolat beradi.
Mazkur tumanda shuningdek, “Mirzaobod Limonchilik klasteri” ni ham ochish nazarda tutilgan.
“Asaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!
07.04.2026
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi
26.03.2026
Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!
11.03.2026
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri
ASAKA BANK KO`MAGIDA MIRZAOBOD TUMANIDA "FINIBA TEX" KORXONASI OCHILADI