Kapitalbank O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi Batafsil

«Asaka» bank muomalaga chiqargan plastik kartochkalar miqdori 1,9 mln.donadan oshdi

08.07.2017

«Asaka» bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 2017 yil 15 fevraldagi «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha ham faol ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bank tomonidan 2017 yil 1 iyul holatiga 1 921 371 dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 143 909 donaga ko’paydi, 11 611 dona terminal o’rnatildi.

Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi ham ko’paymoqda. 2017 yil birinchi yarmi davomida  plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar miqdori 1 133,5 mlrd.so’mni, shundan savdo aylanmalari hajmi 928,3 mlrd.so’mni tashkil qildi.

«Asaka» bank tomonidan o’z mijozlari va shu bilan birgalikda boshqa tijorat banklari mijozi bo’lmish korhona va tashkilotlarda «ish haqi» loyihalarini joriy etish bo’yicha ham faol ishlar olib borilmoqda. 2017 yil 1 iyul holatiga 12 474 ta korhona va tashkilotlarda «ish haqi» loyihalari joriy etildi.

Plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida qo’shimcha infokiosklar xarid qilindi va o’rnatildi. Hozirda bank tomonidan o’rnatilgan 66 dona infokiosk va 27 dona bankomat orqali plastik kartochkalar egalariga tezkor xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda. 2017 yil birinchi yarmi davomida plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan kommunal to’lovlar hajmi 60,0 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Plastik kartalardan foydalanuvchilar infokiosk va bankomatlar  orqali «SMS inform» xizmatiga ulanib, mazkur xizmat yordamida hisobiga pul mablag’larini kirim yoki chiqim qilinishi, savdo-servis tarmoqlaridagi transakziyalar to’g’risida tezkor ma’lumotlarni olish va boshqa axborotlarni olish imkoniyatiga egadirlar. 2017 yil 1 iyul holatiga mazkur xizmat turidan foydalanuvchilar soni 360 214 nafar mijozni tashkil etdi.

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi

Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi



Orphus tizimi