So`nggi vaqtlarda mamlakatimizda "Loyihalarni boshqarish" atamasi mashhurlikka erishdi. Loyiha menejmenti - belgilangan natija va maqsadga erishish uchun vaqt va resurs cheklovlari mavjud sharoitida ham keng ko'lamli vazifalarni boshqarish usulidir.
Bank sektorida loyihalarni boshqarish bir strategik g`oya va loyihani amalga oshirishda birlashtirilgan turli lavozim va mavqega ega bo`lgan rahbar va xodimlarning harakatlarini maksimal darajada muvofiqlashtirishga erishish uchun foydalaniladi.
Asaka Bank bosh ofis xodimlari "PMI PMBOK standartlari asosida kompaniyada loyihalarni boshqarish" mavzusida o`quv kursida ishtirok etishdi.
Trening davomida bank xodimlari loyihalarni boshqarish tarixi, xalqaro va milliy loyihalarni boshqarish standartlari, asosiy tushunchalar, prinsiplar, portfel, dastur, loyihalarni boshqarish vositalari haqida umumiy bilimlarga ega bo'ldilar.
Iskandar Yusupov, PMP (Loyihalarni boshqarish bo'yicha konsultant va biznes-treyner):
Zamonaviy O'zbekistonning rivojlanishini kuzatib, bugungi kunda loyihaviy yondashuv korxonalarni rivojlantirish va biznesda keng qo`llanilayotganligi meni quvontiradi. Bank tizimida loyiha menejmentini joriy etish iqtisodiyotning ushbu sohasida transformatsiyani amalga oshirishning ajralmas qismi hisoblanadi. “ASAKA” bank xodimlariga tajribab bilan bo`lishganimdan xursandman va olingan bilimlarni amalda qo'llashda muvaffaqiyatlar tilayman.
O`quv kursi so`ngida mutaxassislar loyihalarni boshqarish bo'yicha yetakchi Rossiya provayderining sertifikatlari bilan taqdirlandilar. “Asaka” bank xodimlarni yangi biznes vositalari bilan tanishtirish rahbar va xodimlarning professional darajasini oshirish niyatida bunday tadbirlarni davom ettirishni maqsad qilib qo`ygan.
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
«Asaka» bank xodimlari "Loyihalarni boshqarish" o`quv kursida ishtirok etdilar.