JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Аsaka bank xodimlaridan birida koronavirus aniqlanishi bilan bog'liq xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat

27.06.2020

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Asaka” bank bosh ofisida ishlovchi xodimlarning birida koronavirus aniqlanganiga qaramay, hech bir xodim karantinga olinmagani haqida tarqatilayotgan xabarlarga nisbatan Bank Ahborot xizmati quyidagicha izoh beradi.
“Asaka” bank pandemiya e'lon qilingan kundan boshlab, Maxsus komissiyaning qarorlari, karantin qoidalariga qat'iy rioya qilmoqda. Bank rahbariyati tomonidan xodimlarning ihtiyoriy ishlashi tizimli tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarning o‘z istaklariga qarab, 20 foizidan ziyodi masofadan turib ishlashga, 12 foizi navbatdagi yoki navbatdan tashqari mehnat ta'tillarida va 30 foizga yaqini ish xaqi saqlanmagan holda ta'tillarga chiqarilgan. Mijozlar uchun onlayn xizmat ko‘rsatish kuchaytirildi. Bosh ofis va bankimiz  filiallariga kelish uchun zarur ehtiyoji tug‘ilgan mijozlarga himoya kiyimlari kiygan holda va masofani saqlagan holda xizmat ko‘rsatilmoqda. Bosh ofis va filiallarimiz binolariga kiraverishda maxsus dezinfeksiya toneli o‘rnatilgan. Binoga kirishdan avval xodimlar va mijozlarning harorati o‘lchanadi. Shuningdek, kun davomida tibbiyot xodimlari ularning sog‘lig‘idan xabardor bo‘lib, tana haroratini tekshiryapti. Xodimlarga tibbiyot niqoblari, qo‘lqoplarmuntazam yetkazib berilmoqda. Bank binosining ichki va tashqi xududlari muntazam ravishda (xaftada uch marta), dezinfeksiya qilinadi. 
Bank zarur tadbirlarni, yig‘ilishlarni faqat onlayn o‘tkazmoqda. Xususan, 26 iyunga belgilangan aksiyadorlar yig‘ilishi ham masofadan turib, onlayn tarzda tashkil etildi. 
Ma'lumki, joriy yilning 24 iyun' kuni “Asaka” bankining navbatchi haydovchisida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. COVID-19ga  topshirgan xodimning tahlili ijobiy chiqqani haqida Bankka xabar yetkazilishi bilanoq, Bankda ehtiyot choralari kuchaytirilgan. Birinchi navbatda sanitariya va epidemiologik stansiyaga xabar berilib, ular tomonidan xodim ishlagan joy karantinga yopilgan va darhol dezinfeksiya qilingan, hamda xodimlarning barchasi koronavirus bor-yo‘qligini aniqlovchi testdan o‘tkazilishi tashkillashtirildi. 
Hozirda virus aniqlangan xodim shifokorlar nazoratida, u bilan yaqin aloqada bo‘lganlar karantinga olindi.
Yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Asaka” Bank rahbariyati tomonidan pandemiya munosabati bilan Bankning barcha xodimlariga masofadan turib ishlashga, navbatdagi yoki navbatdan tashqari mehnat ta'tillariga, hamda ish haqi saqlanmagan holda ta'tilga chiqish buyicha barcha sharoitlar yaratilgan! 
    “Asaka” bank karantin qoidalariga qat'iy rioya qilmoqda!

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda



Orphus tizimi