Joriy yilning 18 sentyabrida Toshkent shahrida o’tkazilgan Islom Taraqqiyot Banki Guruhi kunida «Asaka» bankiga Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi rahbariyati nomidan «XSRIKning moliyalashtirish yo’nalishidagi eng yaxshi hamkori» mukofoti topshirildi.
Xususiy sektorni rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (XSRIK) 1999 yilda Jidda shahrida tashkil etilgan. Mazkur korporatsiyaning asosiy vazifasi - Islom Taraqqiyot Bankining a'zo mamlakatlar xususiy sektorining rivojlanishini mustahkamlash orqali iqtisodiy taraqqiyotini qo'llab-quvvatlashga oid faoliyatini to’ldirish, shuningdek, a’zo mamlakatlarda rivojlanishni rag’batlantirish maqsadida xususiy sektorni investitsiya va savdoga oid moliyalashtirish faoliyati imkoniyatlarini identifikatsiyalash va baholash, aktivlarni boshqarish, Islomiy qimmatbaho qog'ozlar bozori va qarz sarmoyasini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu kunda «Asaka» bank va XSRIK o'rtasida O’zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy sektorida innovatsion rivojlantirishni faol qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan moliyaviy hamkorlik bo'yicha O'zaroanglashuv Memorandumi imzolandi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
«Asaka» bank «XSRIKning 2018 yildagi eng yaxshi hamkori» mukofotiga sazovor bo’ldi