Asaka bank YTTB bilan hamkorlikda o'quv seminari o‘tkazdi.
⠀
O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. «Asaka» banki YTTB bilan hamkorlikda kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik tadbirlarini o'tkazmoqda. Asosiy maqsad «YTTB ning kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi maslahat ko'magi» masofaviy o'quv platformasining mazmun-mohiyatini tushuntirib berish edi.
⠀
Ta'kidlash kerakki, YTTB koronavirus pandemiyasi davrida kichik va o'rta biznes korxonalariga konsultativ yordam beruvchi platformani ishga tushirdi. Ushbu platforma korxonalarga moliyaviy resurslarni boshqarish sohasida ekspert maslahatlarini olish, yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni o'rnatish va inqirozli vaziyatda xodimlarni boshqarishda yordam beradi.
⠀
Tadbir davomida «Asaka» bankining YTTB bilan hamkorlikda turli sohalardagi loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yangi samarali moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari va tovarlar eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Trening yakunida tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. «Asaka» bankining YTTB bilan hamkorlikdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlovchi seminarlari Respublikamizning boshqa mintaqalarida ham davom ettiriladi.
05.11.2025
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs
17.10.2025
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
13.10.2025
Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi
Asaka bank YTTB bilan hamkorlikda o`quv seminari o`tkazdi