2020 yil 4 fevral kuni Jahon.uz saytida “Asakabank” filiallari tomonidan imtiyozli kredit talon-taroj qilinayotgani haqidagi xabar chiqqan bo‘lib, mazkur ma'lumotga asoslangan holda Muxbir Daliev telegram tarmog‘ida ham post qoldirilgan. Hurmatli jurnalistlar va blogerlar iltimos tekshirilmagan, ohirigacha o‘rganilmagan ma'lumotlarni jamoatchilik e'tiboriga taqdim etmang.
“Asaka” banki Oltiariq filialining (bu filial 2019 sentyabr oyida yopilgan) bir necha nafar xodimi jismoniy va yuridik shaxslar nomiga noqonuniy kredit xujjatlari rasmiylashtirib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani Bankning ichki tekshiruvi vaqtida aniqlangan. Unga binoan mazkur ish huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining 2019 yil 19 dekabr kungi xukmiga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, yetkazilgan zarar ayblanuvchilardan to‘liq undirilgan.
Hozirgi kunda dastlabki tergov davomida undirilgan zarar summalari majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan filialning maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazilgan. Qolgan zarar summasini undirish bo‘yicha majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
01.07.2025
Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
Asaka banki matbuot xizmati habar qiladi. Munosabat.