«Asaka» banki va YeTTB Andijonda tadbirkorlar moliyaviy savodxonligini va KO'B ni oshirmoqda

28.05.2020

«Asaka» banki va YeTTB Andijonda tadbirkorlar moliyaviy savodxonligini va KO'B ni oshirmoqda

Mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda, ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda bank mahsulotlari va xizmatlaridan to'g'ri foydalanish - moliyaviy bozorni rivojlantirish uchun zarur shart hisoblanadi.

Kichik va o'rta biznes vakillari, shuningdek, xususiy tadbirkorlar moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida «Asaka» banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) vakili Jahan Shamsiyev bilan hamkorlikda savdoni moliyalashtirish vositalari bilan tanishish maqsadida seminar o'tkazdi.

Seminarda YeTTB bilan hamkorlikda, «Asaka» banki tomonidan taqdim etilgan moliyaviy vositalar va moliyaviy qo'llab-quvvatlash taqdimoti bo'lib o'tdi. Jahan Shamsiyev Markaziy Osiyoda moliya institutlari bilan ishlash bo'yicha operatsiyalar rahbari sifatida tadbirkorlar tomonidan zamonaviy bank xizmatlarini o'zlashtirish va ulardan foydalanishga bo'lgan qiziqish, shubhasiz, moliyaviy bozorlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Turli sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, yangi samarali moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari, tovarlar eksportini rivojlantirish muhokama qilindi.

O'tkazilgan seminar quyidagi mavzularni muhokama qilish joyiga aylandi:
???? YeTTB savdoni rivojlantirish dasturi (SRD)
???? kafolatlarni taqdim etish;
???? qisqa muddatli moliyalashtirish;
???? ichki va tashqi faktoring;
???? kichik va o'rta biznes vakillariga maslahat berish.

Dasturning ikkinchi qismida to'qimachilik sanoati vakillari so'zga chiqib, biznesni muvaffaqiyatli yuritish tajribasi bilan o'rtoqlashdilar, bank bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirish, zamonaviy bank mahsulotlaridan foydalanish, biznes masalalarining samarali yechimlari va kelajakdagi istiqbollar haqida so'zlab berdilar.

«Asaka» banki YeTTB bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida biznesdagi moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha tadbirlarni tashkil etishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi