«Asaka» banki xodimlari «Rais Kubogi» uchun bellashishdi

21.09.2020

Joriy yilning 19-20-sentyabr kunlari «Asaka» bank tomonidan bankning 25 yilligiga bag'ishlangan «Rais Kubogi» futbol turniri o'tkazildi. Futbol bahslarida 22 ta mintaqaviy filial hamda bosh ofis jamoalari ishtirok etdilar. 

Dunyoning eng mashhur sport turiga ko'plab bank xodimlari ham qiziqadilar. Bundan tashqari, futbol musobaqalari jamoa ruhini kuchaytirishga, ularni birlashtirishga, nafaqat sport maydonchasida balki kundalik faoliyatda ham qo'llab-quvvatlanadigan qulay psixologik muhitni yaratishga yordam beradi.

G'oliblar qiziqarli va hayajonli bellashuvlarning bir necha turidan so'ng aniqlandi. Final uchrashuvida Bosh ofis xodimlaridan iborat futbol jamoasini ustidan g’alaba qozongan Andijon filiali jamoasi g'olib bo’ldi. Faxrli uchinchi o'rinni Qashqadaryo viloyati filiali futbolchilari egalladi. 

Barcha jamoa ishtirokchilari medallar va maxsus qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

— «Asaka» ATB da sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, xodimlar salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida sport musobaqalari doimiy ravishda o'tkazib kelinadi, — deydi «Asaka» bank boshqaruvi raisi o'rinbosari Boboxon Abdullayev — “Eng muhimi, bank bo'linmalari xodimlari o'rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashdir. Shuningdek, mazkur musobaqa futbol bo'yicha har yili o'tkaziladigan «O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kubogi» saralash bosqichi oldidan xodimlarimiz uchun tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Biz kubok uchun raqobatlashadigan eng yaxshi xodimlarni aniqlab oldik.
Biz sport bahslarini har yili o'tkaziladigan yaxshi an'anaga aylantirishga harakat qilamiz”.

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi