JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

«Asaka» banki xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni faol yo'lga qo'ymoqda

30.01.2018

O'zbekiston rahbariyati mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilishga katta e`tibor qaratmoqda.

Mamlakatning yirik banklaridan biri - «Asaka» banki - dunyoning yetakchi moliya muassasalari bilan sheriklik aloqalarini o'rnatish uchun faol ish olib bormoqda.

Bu milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kredit liniyalarini jalb qilish, shuningdek xorijiy sheriklar bilan mijozlarning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri hisob-kitoblarni o'tkazish uchun vakillik munosabatlarini o'rnatishga yordam beradi.

Bugungi kunda ularning sheriklari soni 370 dan ortiq yetakchi xorijiy banklarni o'z ichiga oladi. 2017 yilda «Asaka» banki qator mamlakatlar - yaqin va uzoq xorij davlatlari vakillari bilan ham hamkorlik o'rnatdi.

Qozog'iston Respublikasi O'zbekistonning MDHdagi eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. 2017 yil mart oyida  «Asaka» bank «TengriBank» AJ bilan moliya bozorlarida umumiy shartlarda amaliyotlar o'tkazish to'g'risida bitim tuzdi. Hujjat Ostonada O'zbekiston-Qozog'iston biznes-forumi va O'zbekiston Respublikasi Milliy sanoat ko'rgazmasi doirasida imzolandi. U o'zaro ehtiyoj bo'lganda banklararo konversion va depozit kelishuvlarini o'tkazishni nazarda tutadi. «Tengri Bank» AJ bilan hamkorlik boshlanganidan beri «Asaka» banki Qozog'iston Respublikasi hududida NEXIA R3 markali avtomobillar ishlab chiqarish uchun Qozog'istonning «SarikArkaAvtoprom» kompaniyasiga ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo'yicha shartnoma doirasida savdo moliyalashtirish vositalarini qo'llash orqali GM Uzbekistan eksport faoliyatini qo'llab-quvvatladi.

Shuningdek, «ESK «KazakhExport» AJ va «Asaka» banki o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi. Unga ko'ra, agar bank mijozlarining tegishli so'rovlari mavjud bo'lsa, ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun o'zaro manfaatli shartlarda hamkorlik qilish uchun tegishli choralar ko'riladi. Jumladan, Qozog'iston Respublikasidan eksport qilishni nazarda tutuvchi savdoni moliyalashtirish sohasida qisqa muddatli bitimlarga «ESK «KazakhExport» AJdan sug'urta qoplamasini taqdim etish.

«Asaka» banki 2017 yil iyul oyida «Tengri Bank» AJ uchun AQSh dollarida vakillik hisobini ochdi, bu vositachi banklarni chetlab o'tib, o'zbek va qozoq korxonalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga 2017 yilning may oyida amalga oshirilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni bajarish jarayonida, «Asaka» banki Pekinda vitse-prezident Ja Veymin boshchiligidagi   «China Export & Credit Insurance Corporation» («Sinosure») XXR eksport-kredit agentligi (EKA) vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o'zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Xitoy banklari kredit liniyalarini o'zlashtirish doirasida sug'urta qoplamasini jalb etish shartlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik to'g'risida kelishuv shartnomasi imzolandi. Shunday qilib, «Asaka» banki Xitoy banklaridan kredit liniyalarini jalb qilish doirasida EKA sug'urta qoplamasini o'z majburiyatlarini ta`minlash bo'yicha kafolat sifatida ishlatishi mumkin bo'lgan O'zbekistondagi birinchi bank bo'ldi.

Shuningdek, «Asaka» banki Davlat taraqqiyot banki bilan 40 million dollarlik va Xitoy Eksport-import banki bilan 18 million dollarlik shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomalar investitsiya loyihalarini, shuningdek, Xitoydan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Imzolangan kredit shartnomalari kafolatlanmagan, ya`ni hukumat kafolati taqdim etilishi talab qilinmaydi.

O'tgan yili «Asaka» banki va Koreya Eksport-import banki (KEKSIM) o'rtasida umumiy qiymati 65 mln AQSh dollariga teng Banklararo kredit bitimi imzolandi. Mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasida iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan. Hujjat doirasida tomonlar investitsiya loyihalarini amalga oshirish va Koreya Respublikasidan texnologik uskunalar importini nazarda tutadigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini qo'llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. Bu kredit bitimi ham hukumat kafolatini talab etmaydi.

2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Tojikiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini faol rivojlantirdi.

«Asaka» banki «Bank Eskhata» OAJ (Tojikiston) va «Afghanistan International Bank» (Afg'oniston) bilan mamlakatlar o'rtasida biznes yuritish uchun ijobiy sharoitlar yaratish maqsadida vakillik munosabatlarini o'rnatdi.

Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O'zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O'zbekistonning yetakchi banklari tomonidan Qirg'iziston banklariga o'zbek korxonalari mahsulotlarini eksport qilishni moliyalashtirish uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochish bo'yicha hukumatlararo bitim imzolandi.

«Asaka» banki Qirg'iziston Respublikasiga eksport loyihalarini moliyalashtirish bo'yicha uchta yirik banklardan biri sifatida belgilandi. Bundan tashqari, u hozirgi kunda ikki mamlakat korxonalarining savdo amaliyotlarini qo'llab-quvvatlash uchun Qirg'iziston Respublikasi moliya muassasalari bilan vakillik munosabatlarini o'rnatmoqda.

«Asaka» banki xorijiy sheriklar bilan strategik hamkorlikni yo'lga qo'yib, nafaqat xalqaro maydonda o'z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda, balki butun mamlakatimiz ijobiy imidjini shakllantirishga, uni hamkorlik uchun ochiq ishonchli va uzoq muddatli sherik sifatida ko'rsatishga xizmat qilmoqda.

Manba: www.kun.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi