“Asaka” bankining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissasi:
Sun'iy idrok yordamida boshqariladigan issiqxona majmuasi.
Serquyosh zaminimizda etishtiriladigan meva-sabzavotlarga jahon bozorida talab katta ekanini hammamiz bilamiz. Odatda ushbu mahsulotlarni chetga eksport qilish haqida gap ketganda ba'zilar ichki bozor narxi ko'tarilishi mumkinligidan xavfsirab qoladi. Ammo havotirga o'rin yo'q.
“Asaka” banki mamlakatimiz vohasi bo'lmish Xorazm viloyatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini gidroponika usulida etishtiruvchi issiqxona majmuasini moliyalashtirdi.
Loyihaning jozibadorligi shundaki, Greenhouse Company issiqxona majmuasida ko'mir qozonlari ishlatiladi, tejamkor sug'orish tizimi - tomchilatib sug'orish yo'lga qo'yiladi, tuproqni almashtirish tizimi, ya'ni kokos ekstrakti yotqiziladi. Issiqxona o'z meteo stantsiyasiga ega bo'lib, ichki iqlim sun'iy intellekt yordamida boshqariladi. Butun kompleks Internetga ulanadi va bu dunyoning istalgan burchagidan masofadan turib tizimni boshqarish imkoniyatini beradi.
“Asaka” banki mazkur loyihani amalga oshirish uchun 4 892 890 dollar miqdorida kredit ajratdi.
12 gektar maydonni egallaydigan issiqxona majmuasi ishga tushgach, yiliga 1 800 000 kg pomidor, 250 000 kg qulupnay va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish yo'lga qo'yiladi. Eng asosiysi 150 ga yaqin yangi ish o'rinlari yaratiladi. Yana bir gap, bu erda etishtiriladigan sarhil mahsulotlarning 50 foizi eksportga yo'naltirilsa, 50 foizi mahalliy bozorga chiqariladi.
“Asaka” banki – moliya bozorida sizning ishonchli hamkoringiz!
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
Asaka bankining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissasi: Sun'iy idrok yordamida boshqariladigan issiqxona majmuasi.