JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

Asosiy ko'rsatkichlar o'sish sur'ati saqlanib qolmoqda

19.07.2016


Joriy  yilning 16 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bank tizimining 2016 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlari va mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarining o’z vaqtida va  sifatli ijro etilishini  ta’minlashga bag’ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo’lib o’tdi.

Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2016 yil uchun mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga, mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi.

2016 yilning 6 oyida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini va barqarorligini yanada mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Natijada bank tizimida erishilgan ko'rsatkichlar nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me'yorlarga, balki ayrim yo'nalishlar bo'yicha undan ham yuqori ko'rsatkichlarga erishildi.

Shu bilan birga, shu kuni ATB “Qishloq qurilish bank”da 2016 yilning 6 oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda har bir filialning faoliyat natijasi hamda reja-prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama   qilindi.  

Shuningdek,  majlisda  bankning barcha mintaqaviy va tuman filiallari rahbarlari e’tibori «Sog’lom ona va bola yili» Dаvlat dasturi hamda 2016 yilda ish o’rinlarini tashkil etish dasturida belgilangan vazifalarni ham o’z vaqtida  va to’liq bajarilishini taminlashga qaratildi.

“Sog’lom ona va bola yili”  Davlat dasturida belgilangan har bir vazifaning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi. Yig‘ilishda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan bank Boshqaruvining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

Bank axborot xizmati


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi