Joriy yilning 20 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bank tizimining 2015 yilning 9 oyidagi faoliyati yakunlari va mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 19 oktyabrdagi yig'ilishida bank tizimi oldiga qo'yilgan dolzarb vazifalarning muhokamasiga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi.
Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2015 yil uchun mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning bajarilishiga, mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi.
2015 yilning 9 oyida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada bank tizimida erishilgan ko'rsatkichlar nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me'yorlarga, balki ayrim yo'nalishlar bo'yicha undan ham yuqori ko'rsatkichlarga erishildi.
Shu bilan birga, shu kuni ATB “Qishloq qurilish bank”da 2015 yilning 9 oyidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda har bir filialning faoliyat natijasi hamda reja-prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi.
Shuningdek, majlisda «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan har bir vazifaning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi. Yig‘ilishda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan bank Boshqaruvining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bank axborot xizmati
07.07.2025
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi
03.07.2025
SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda
03.07.2025
SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
Asosiy ko'rsatkichlar o'sish sur'ati saqlanib qolmoqda