JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2016 yil 22 fevral kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazil

10.02.2016

AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2016 yil 22 fevral  kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash;

2. AT «Aloqabank» Boshqaruv Raisini tayinlash to’g’risida.

AT «Aloqabank» Kengashining 2016 yil 10 fevraldagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2016 yil 16 fevral kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2016 yil 10 fevral kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2016 yil 22 fevral kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi