AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2015 yil 28 noyabr kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT «Aloqabank»ning 2015 yilning to'qqiz oylik ish faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti.
3. AT «Aloqabank» Boshqaruvi Raisi K. Irisbekova bilan tuzilgan mehnat shatnomasini muddatidan oldin bekor qilish to'g'risida.
4. AT «Aloqabank» aksiyadorlariga 2015 yilning III choragi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash to'g'risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2015 yil 17 noyabrdagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 24 noyabr kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 17 noyabr kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2015 yil 28 noyabr kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz
Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
23.04.2026
Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik
AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2015 yil 28 noyabr kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazil