AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2015 yil 10 avgust kuni, soat 8:30 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT «Aloqabank»ning 2015 yilning birinchi yarim yillik ish faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti.
3. AT «Aloqabank» aksiyadorlariga 2015 yilning birinchi yarim yilligi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash to'g'risida.
4. «Mirzacho'l tolasi» XK tugatish sud boshqaruvchisining taklif xati muhokamasi to'g'risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2015 yil 28 iyuldagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 4 avgust kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro'yxati 2015 yil 28 iyul kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2015 yil 10 avgust kuni soat 7:30 dan 8:20 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz
Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29
11.02.2026
Asakabank’da «Avans» omonatini rasmiylashtiring va foizlarni oldindan — joylashtirish paytidayoq oling.
10.02.2026
Xalq Banki “Farovon” ipoteka kreditini taklif etadi.
11.02.2026
"Ta'mir" ipoteka krediti – boshlang'ich to'lovsiz 10 yil muddatga
AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2015 yil 10 avgust kuni