AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 15 noyabr kuni, soat 9:30 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT "Aloqabank"ning 2014 yil III chorak ish faoliyati yakuni bo'yicha hisoboti.
3. AT "Aloqabank" aksiyadorlariga 2014 yilning III choragi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash.
4. "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasiga kredit mablag'larini ajratish to'g'risida.
5. "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasiga bank kafolati berish to'g'risida.
6. "NANO LIZING" MChJga kredit mablag'larini ajratish to'g'risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2014 yil 1 noyabrdagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2014 yil 11 noyabr kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro'yxati 2014 yil 31 oktabr kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2014 yil 15 noyabr kuni soat 8:30 dan 9:20 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz
Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29
01.02.2026
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi
28.01.2026
O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi
23.01.2026
Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?
AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 15 noyabr kuni