AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 23 avgust kuni

12.08.2014

AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2014 yil 23 avgust kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT "Aloqabank"ning 2014 yil II chorak ish faoliyati yakuni bo'yicha hisoboti.

3. AT "Aloqabank" aksiyadorlariga 2014 yilning II choragi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash.

AT «Aloqabank» Kengashining 2014 yil 11 avgustdagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2014 yil 19 avgust kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro'yxati 2014 yil 11 avgust kuni holatiga tuziladi.

Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2014 yil 23 avgust kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29

 

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

17.02.2026

Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda

11.02.2026

Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda



Orphus tizimi