AТ “Aloqabank”, Beeline va Paycom o’zaro hamkorlikda Payme va Beepul mobil ilovalaridan foydalangan holda, bir paytning o’zida ham Beeline mobil operatori abonenti ham AТ “Aloqabank” plastik kartasi egasi bo’lgan jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqining 10 barobarigacha bo’lgan miqdorida onlayn mikroqarz ajratish xizmatini yo’lga qo’ydi.
Ushbu xizmat qulayliklari:
• Mikroqarz masofadan turib bankka umuman kelmasdan olinadi;
• Mikroqarz olish uchun hech qanday hujjat yig’ilmaydi va bankka topshirilmaydi;
• Mikroqarz ajratish to’g’risidagi qaror sanoqli daqiqalarda
(1-2 daqiqa) bildiriladi;
• Birinchi marotaba mikroqarzni bank ish kunlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha olish mumkin va bunga taxminan 18-25 daqiqa vaqt ketadi;
• Keyinchalik 1 yil davomida kunning istalgan paytida 5 daqiqa ichida mikroqarz olish imkoniyati mavjud;
• Pul mablag’lari plastik kartaga tushadi va uni istalgan maqsadda ishlatish mumkin;
• Mikroqarz uchun hech qanday ta’minot talab qilinmaydi.
• Foydalanuvchi – Ish haqi loyihasi doirasidagi AТ “Aloqabank” plastik kartasiga ega bo’lgan Beeline mobil operatori abonentlari;
• Mikroqarz minimal miqdori – 50 000 so’m;
• Mikroqarz maksimal summasi – EKОIHning 10 barobari miqdorida;
• Mikroqarz foizi –kunlik 1,5%;
• Mikroqarz muddati - 1 oy;
• Mikroqarz olish vositalari - Payme va Beepul mobil ilovalari.
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
25.11.2025
3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi
24.11.2025
Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi
AT “Aloqabank”dan onlayn mikroqarz!