AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2015 yil 29 iyun kuni, soat 11:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. AT «Aloqabank»ning 2014 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.
3. AT “Aloqabank”ning 2014 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2015 yildagi ustuvor vazifalari to'g'risidagi bank Boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.
4. AT “Aloqabank”ning 2014 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
5. AT “Aloqabank”ning 2014 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha auditorlik hisoboti.
6. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash hamda bankning foydasini taqsimlash.
7. AT "Aloqabank"ning 2014 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
8. AT “Aloqabank”ning 2015 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o'tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
9. AT “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
10. AT “Aloqabank” Kengashi a'zolarini saylash.
11. AT "Aloqabank"ning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
12. AT “Aloqabank” Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
13. AT "Aloqabank" Boshqaruvi to'g'risida"gi Nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
14. AT “Aloqabank” Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish to'g'risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2015 yil 18 iyundagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar ro'yxati 2014 yil 23 iyun kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar ro'yxati 2014 yil 18 iyun kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2015 yil 29 iyun kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.
AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2015 yil 29 iyun kuni