JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

AT "Aloqabank" Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar boshliqlarini kasb malakasi oshirildi.

06.05.2021

Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida» PF-5992 farmoni bilan bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko’rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar ko’rish unda keltirilgan talablarni ijrosini ta’minlash. 

Shu bilan birga moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha choralar ko’rilishi aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko’rsatish nuqtalari tarmog’ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi o’zaro to’ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.

Moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklarda xizmat ko’rsatishni modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog’liq bo’lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish.

Kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o’sishining mo’’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo’lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik echimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash.

Davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo’lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o’zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish.

Etarli darajada xizmat ko’rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini ko’paytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko’rsatish nuqtalari tarmog’ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi o’zaro to’ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.

Bankda amaldagi qonunchiligi hujjatlariga rioya qilinishi, mazkur yo’nalish bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga kiritilgan o’zgartirishlar, xususan bank faoliyatini barqarorligini ta’minlash bo’yicha alohida masalalar ya’ni, zamonaviy bank ishi, xorij tajribasi va O’zbekiston bank amaliyoti, banklarda yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari va ularni samarali boshqarish,  bank likvidliligini boshqarish va resurs bazasini mustahkamlash, kreditlar sifati va samaradorligini oshirish, chakana bank xizmatlari ko’rsatishning zamonaviy uslublari, xizmat sifatini yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish  kabi masalalarni o’rganish yuzasidan ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

06-05-2021
Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi