Yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanib borgani sayin zamonaviy bank xizmatlariga boʼlgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Yurtboshimiz tomonidan taʼkidlanganidek, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan qulayliklar samarasi yanada salmoqliroq boʼlishida raqamli bank xizmatlarining oʼrni beqiyosdir.
Joriy yilning 11-fevral kuni AT “Aloqabank” faoliyatiga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Oʼz mijozlariga bir qator qulayliklar va imkoniyatlar yaratishdan hech ham charchamaydigan AT “Aloqabank” jamoasi, yurtimiz boʼylab turli xil tadbirkorlik subyektlari va boshqa turdagi mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim qilishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan. Ayniqsa bugungi kunda talab yuqori boʼlgan yangi turdagi raqamli bank xizmatlarini mijozlar eʼtiboriga havola qilish orqali bank-mijoz tizimini yanada optimallashtirish bank faoliyatidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Matbuot anjumani davomida Mahkamov Farrux Murodovich – AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi o’rinbosari, Raximov Аziz Naimovich – АT “Аloqabank” Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish markazi direktori, Oʼroqov Joʼrabek Tuymurodovich – АT “Аloqabank” Chakana biznes departamenti direktori soʼzga chiqishdi hamda joriy yilda bank faoliyatida roʼy bergan oʼzgarishlar, amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan yangi raqamli mahsulot va xizmatlar haqida tashrif buyurganlarga maʼlumot berib oʼtishdi. Аyniqsa oʼtgan yil soʼnggida bank tomonidan ishlab chiqib ishga tushirilgan ZOOMRAD mobil ilovasi, uning imkoniyatlari, texnik tavsifi va yaratilgan qulayliklari matbuot anjumani qatnashchilarining yuqori qiziqishiga sabab boʼldi. Qolaversa, bank kartalarini uygacha yetkazib berish, to'lovlar va o'tkazmalar uchun keshbek, barcha hisob-raqamlarni qulay dashbord orqali boshqarish, daromadli omonatlar, bepul monitoring kabi xizmatlarga atroflicha ta’rif berib o’tildi.
Аnjumanning ikkinchi qismida ishtirokchilar taklif etilgan jurnalistlar tomonidan bank faoliyati, mahsulotlari, yaratilgan yangi xizmat turlari haqida berilgan savollarga javob berib oʼtishdi.
Butun dunyoda va yurtimizda boʼlib turgan pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, anjuman qatnashuvchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur boʼlgan shart-sharoitlar yaratilganligini alohida taʼkidlab oʼtamiz.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan barcha OAV vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hurmat bilan AT "Aloqabank" matbuot xizmati.
AТ "Aloqabank" faoliyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi