Aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” 2015 yil - “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan aholiga milliy va xorijiy valyutada quyidagi yangi omonat turlarini taqdim etadi.
Milliy valyutada:
“Keksalarga ta’zim” – omonatga mablag‘lar 12 oyga qabul qilinadi.
“Keksalarni qadrlash” – omonatga mablag‘lar 6 oyga qabul qilinadi.
Ushbu omonatlarga qabul qilingan mablag‘lar uchun hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Imkoniyat” – omonatga mablag‘lar 1 yildan - 3 yilgacha qabul qilinadi.
Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinadi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanadi hamda hisoblangan foizlar omonat muddat tugagach to‘lab beriladi.
Xorijiy valyutada:
"Percent" - omonatga mablag‘lar 4 oyga qabul qilinadi.
"Profit" - omonatga mablag‘lar 12 oyga qabul qilinadi.
Omonatga mablag‘lar AQSh dollarida qabul qilinadi, foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng beriladi.
Bankdagi omonatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF - 4057 - sonli Farmoni asosida to‘liq kafolatlanadi.
Xizmatlar litsenziyalangan.
Bank axborot xizmati
04.03.2026
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi
26.02.2026
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
ATB “Qishloq qurilish bank” aholiga yangi omonat turlarini taqdim etadi