JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDAGI XABARNOMA

02.11.2020

2020 yil 27 noyabr kuni soat 10.00 dan boshlab ATB «Qishloq qurilish bank»ning aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2020 yil 27 noyabr kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi. Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. Bank Kuzatuv kengashi a’zolari tarkibini saylash va tasdiqlash;

4. Bank Boshqaruv raisini saylash to‘g‘risida;

5. Bank Boshqaruv a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida;

6. Bankning oddiy aksiyalari egalariga dividendlar to‘lash to‘g‘risida;

7. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida:

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 23 noyabr holatiga ko‘ra tuziladi.

ATB «Qishloq qurilish bank»Kengashining 2020 yil 3 noyabrdagi qaroriga asosan: 

1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 3 noyabr.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2020 yil 23 noyabr.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65

BRB
O'xshash yangiliklar
Asakabank’da «Avans» omonatini rasmiylashtiring va foizlarni oldindan — joylashtirish paytidayoq oling.

11.02.2026

Asakabank’da «Avans» omonatini rasmiylashtiring va foizlarni oldindan — joylashtirish paytidayoq oling.

Xalq Banki  “Farovon” ipoteka kreditini taklif etadi.

10.02.2026

Xalq Banki “Farovon” ipoteka kreditini taklif etadi.

"Ta'mir" ipoteka krediti – boshlang'ich to'lovsiz 10 yil muddatga

11.02.2026

"Ta'mir" ipoteka krediti – boshlang'ich to'lovsiz 10 yil muddatga



Orphus tizimi