JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” AKSIYADORLARINING UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDAGI XABARNOMA

18.06.2020

2020 yil 10 iyul kuni soat 10.00 dan boshlab ATB «Qishloq qurilish bank»ning aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2020 yil 10 iyul kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi. Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy. 

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. Bank Kuzatuv kengashining 2019 yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti;

4. ATB “Qishloq qurilish bank”ning 2019 yildagi faoliyati natijalari, shu jumladan, biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

5. Bankning 2019 yildagi faoliyati bo‘yicha Taftish komissiyasining hisoboti;

6. Bankning 2019 yil 31 dekabr holatiga buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;

7. Bankning 2019 yil faoliyati yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash;

8. E’lon qilinadigan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

9. Bank Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash;

10. Bank tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

11. Bank Boshqaruv raisini saylash to‘g‘risida;

12. Bank Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolari tarkibini saylash va tasdiqlash;

13. Bankning 2019 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Bank Taftish komissiyasi a’zolarini rag‘batlantirish;

14. Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini ko‘rib chiqish (“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi, “Bank Boshqaruvi to‘g‘risida”gi, “Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Ichki nazorat to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar) to‘g‘risida;

15. Bankning 2020 yil uchun bank faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish maqsadida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

 

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2020 yil 6 iyul holatiga ko‘ra tuziladi.

ATB «Qishloq qurilish bank»Kuzatuv kengashining 2020 yil 17 iyundagi qaroriga asosan:

1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 18 iyun.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2020 yil 6 iyul.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65

 

                                                                                                                 Bank Kuzatuv kengashi

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi